» » O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul hajmi ortdi

O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul hajmi ortdi


O‘zbekistonda muomaladagi naqd pul hajmi ortishda davom etmoqda. Bu haqda Spot xabar berdi.

Markaziy bank ma’lumotlariga qaraganda, 1-iyul holatiga ko‘ra, muomaladagi naqd pullar 21 trillion so‘mni tashkil qildi. 1-iyun holatiga ko‘ra 20 trillion so‘m naqd pul, 1-may holatiga ko‘ra esa 18 trillion so‘m muomalada bo‘lgan.

Shu bilan birgalikda, so‘mdagi jamg‘armalarda saqlanayotgan pullar miqdori ham ortdi. 1-iyul holatiga ko‘ra jamg‘armalarning umumiy hajmi 32,8 trillion so‘mni tashkil qildi.

Valyuta jamg‘armalaridagi pullar miqdori esa aksincha kamaymoqda. 1-iyul holatiga ko‘ra ular 23 trillion so‘mni tashkil qildi.

Keng ma’nodagi pul massasi (muomaladagi naqd pullar, jamg‘arma va qimmatli qog‘ozlar) 1-iyul holatiga ko‘ra 77,4 trillion so‘mni tashkil qilgan. Iyunda bu ko‘rsatkichi 76,2 trillion so‘m, mayda — 74,6 trillion so‘mga teng bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2018, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют