» » Innovatsiya vazirining ikki monografiyasi Yevropaning yetakchi nashriyotida chop etildi

Innovatsiya vazirining ikki monografiyasi Yevropaning yetakchi nashriyotida chop etildi


Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov tahriri bilan dunyo ilmiy doiralarida katta nufuzga ega IntechOpen nashriyoti tomonidan ingliz tilida ikki monografiya chop etildi. Bu haqda “Daryo”ga Genomika va bioinformatika markazi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bular Genotyping (“Genotiplash”) va Bioinformatics in the Era of Post Genomics and Big Data (“Postgenomika va yirik ma’lumotlar davrida bioinformatika”) kitoblaridir. Mazkur monografiyalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga saylangan yangi akademiklar “yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar doirasida nashr qilindi.

“Genotiplash” deb nomlangan kitob ayrim organizmlardagi genotiplash jarayonining asoslari, mavjud yondashuvlar va protokollarni, shuningdek, yangi turdagi, arzon narxlardagi butun genomli genotiplash vositalari hamda genotip ma’lumotlar va dasturlarini misollar bilan tanishtiradi.

Genotiplash jarayoni va vositalari DNK molekulalarining tuzilishi va funksiyasini tushunish, genetik materiallarni tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, noyob biologik materiallarni pasportini yaratish (barkoding), sud-tibbiyot sohasidagi muammolarni hal qilish, epidemiyalar kelib chiqishini kuzatish orqali patogenlarning tarqalishini nazorat qilishda yordam beradi.

“Postgenomika va yirik ma’lumotlar davrida bioinformatika” kitobida esa genomika va katta hajmli ma’lumotlardan so‘ng yuzaga kelgan yangi erada bioinformatika fanining so‘nggi yutuqlari o‘quvchilarga havola qilingan. Dunyo miqyosida mintaqaviy xosting uchun resurslarni qurish, kunma-kun keladigan katta hajmdagi ma’lumotlarni samarali va mazmunli tahlil qilish uchun oldindan mavjud bo‘lgan bioinformatik vositalarni takomillashtirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu maqsadga erishish uchun kitobga yangi avlod transkripsiya majmuasi, gen ekspressiya tahlili, genom keng asotsiatsiyasi, genetik markerlarni o‘rganish uchun yangi yondoshuvlar va bioinformatika bo‘yicha so‘nggi yutuqlardan foydalanib, biologik ketma-ketliklarni aniq ko‘rsatib beruvchi mavzularni o‘z ichiga olgan to‘qqizta bob kiritildi. Bioinformatik usullardan foydalangan holda ma’lumotlarni modellashtirish va tarmoq tizimlarini takomillashtirish kabi mavzular ham muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-07-2018, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют