» » 2018-yilda O‘zbekistonda 139 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi

2018-yilda O‘zbekistonda 139 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi


Bosh prokuratura tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tashkil etilib, boshqarma tomonidan Prezident qarorlari va topshiriqlari ijrosi ustidan tizimli nazorat amalga oshirilmoqda, deyiladi muassasa xabarida.

Xususan, 2018-yilning o‘tgan davrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosi hududlarga chiqqan holda o‘rganilib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan 60 ta qaror va topshiriqlar ijrosi bajarilishi ta’minlandi.

Mazkur tekshirishlar davomida asosiy e’tibor Prezidentning qaror va topshiriqlarini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli ijro etilishiga hamda mansabdor shaxslar tomonidan Prezidentning topshiriqlari talablarining so‘zsiz bajarilishi borasidagi mas’uliyatini yanada kuchaytirishga qaratildi, deyiladi xabarda.

Tekshirishlar natijasiga ko‘ra, 139 nafar mansabdor shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi hamda qo‘pol qonun buzilish holatlari yuzasidan 4 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Shu bilan birga, 125 ta tadbirkorlik subyektlariga 99,6 milliard so‘m va 280,4 million AQSh dollari miqdorida kredit mablag‘lari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 858 gektar yer maydoni hamda 111 ta qishloq xo‘jaligi texnika va agregatlari ajratilishi, 26 milliard so‘m, 1,9 million AQSh dollari va 2,5 million yevro miqdordagi kredit mablag‘larining qaytarish muddatini uzaytirishga amaliy yordam ko‘rsatildi, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish uchun 55,2 milliard so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari ajratilishi ta’minlandi.

Prezident qarorlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash borasidagi nazorat faoliyati davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 10:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют