» » Andijon viloyati IIB Bo‘z tumanida militsionerning o‘spiringa qo‘l ko‘targani bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berdi

Andijon viloyati IIB Bo‘z tumanida militsionerning o‘spiringa qo‘l ko‘targani bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berdi


Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon viloyatida IIB xodimi tunda ko‘chada yurgan o‘spirinni haqorat qilib, unga qo‘l ko‘tardi” deb nomlangan yashirin tarzda tasvirga olingan video tarqatildi. Unda Bo‘z tumani ichki ishlar xodimlarining bir nafar fuqaroni haqoratlagani va uning qo‘lidan tortib ichki ishlar binosiga olib kirmoqchi bo‘lganligi tasvirga tushirilgan. Andijon viloyati IIB “Daryo” ga ushbu holat yuzasidan ma’lumot taqdim etdi.

Mazkur holat viloyat IIB mas’ullari tomonidan atroflicha o‘rganilganda voqea 15-iyul kuni tungi soat 23:30 larda Bo‘z tumani Bo‘ston mahallasida 1998-yilda tug‘ilgan fuqaro Muhriddin Ma’rufjonov bilan sodir bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. U haqiqatdan ham 15-iyul kuni tungi 23:30 larda savdo do‘konidan yashash xonadoni tomon, selofan paketda o‘ziga tegishli bo‘lgan 250 000 so‘m pulni olib ketayotgan vaqtida ko‘chada o‘ziga notanish bo‘lgan 3—4 nafar fuqarolar baqir-chaqir qilib ketayotganligi uchun tuman IIB xodimlari ular bilan birga, ushbu fuqaroning ham shaxsiga oydinlik kiritish maqsadida Bo‘z tumani IIBga olib boradi.

Bu joyda tuman IIB profilaktika inspektori leytenant M.Parpiyevga og‘zaki ravishda o‘zini tanishtirgach, ushbu xodim uning otasi Muzaffar Marupovga qo‘ng‘iroq qilgan. Fuqaro M.Marupov, profilaktika inspektori M.Parpiyevga haqiqatdan ham M.Ma’rufjonov uning o‘g‘li ekanligi, biroq keyingi vaqtlarda o‘g‘li ko‘chadan kech uyga kirayotganligi, otasini tartibga chaqirish haqidagi o‘gitlariga quloq solmayotganligi uchun ichki ishlar xodimidan o‘g‘lini tartibga chaqirib qo‘yishini so‘raydi. Shundan so‘ng profilaktika inspektori M.Parpiyev uni tartibga solish maqsadida tungi vaqtlarda kimlar bilan va nima maqsadda yurganligini, nega otasining so‘zlariga quloq solmayotganligi haqida gapiradi. Undan qo‘lidagi sellofan paketdagi pullarni ko‘rib, “ushbu pullarni olib qayerdan kelayapsan” deb so‘raganida, unga “ushbu pullar o‘zimning pullarim, nima pul bilan yurib bo‘lmaydimi” deb qiziqqonlik bilan javob qaytaradi. Bunga javoban ichki ishlar xodimi uning yoqasidan ushlab, bo‘lim hovlisidan ichki ishlar binosi ichkarisiga kirishni talab qiladi. Buni ko‘rgan tuman IIB xodimi B.Shomirzayev M.Parpiyevning bu xatti-harakatini to‘xtatadi. Shundan so‘ng IIB xodimlari tomonidan uning shaxsiga oid ma’lumotlar yozib olinib, fuqaro Muhriddin Ma’rufjonov yashash uyiga olib borib kuyiladi. U o‘zi bilan bog‘liq holatning yashirin tarzda video tasvirga tushirilib tarqatilganligidan oradan ikki kun o‘tgandan so‘ng xabar topadi.

Fuqaro M.Marufjonovning otasi Muzaffar Marupov bilan suhbatlashilganda o‘g‘li M.Marufjonov bilan bog‘liq barcha holatlarni tasdiqlab, video tasvirda aks ettirilgan holatlar bo‘yicha tuman IIB xodimlariga hech qanday e’tirozi yo‘qligini aytadi. Biroq o‘g‘li bilan bog‘liq holatni video tasvirga olib tarqatgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rib berishni so‘ragan.

Mazkur aniqlangan holatlar bo‘yicha, hozirda Andijon viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan Bo‘z tumani IIB xodimlariga nisbatan belgilangan tartibda xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...