» » Erkinjon Turdimov viloyat ahliga murojaat qildi

Erkinjon Turdimov viloyat ahliga murojaat qildi


Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 54-sessiyasida viloyat hokimi tadbirkorlarga yordam berib iqtisodiyotimizni yaxshilash maqsadida Samarqand viloyati aholisiga murojaat qildi. Har juma kuni viloyat prokurori bilan tegishli idoralarni chaqirgan holda, viloyat hokimligida tadbirkorlar qabulini o‘tkazilishini bildirdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Qabulni ertalab soat 07:30 dan boshlaymiz. Tadbirkorlar viloyat hokimining qabuliga kirishdan oldin savdo-sanoat palatasiga murojaat qiladi. Ular tomonidan murojaat hal qilinmasa biz o‘rganamiz. Muammoda tarozi teng pallada bo‘lsa, biz albatta tarbirkor tarafini himoyalaymiz.

Biz nima uchun qabul o‘tkazamiz. Savdo-sanoat palatasiga qilingan murojaat hal etilmasa ularni qabul qilamiz. Lekin qilingan murojaat yuz foiz yechilishi kerak. Agar muammoni hokimiyat hal qilib beradigan bo‘lsa, murojaatning yechimini hal qilib berishi lozim bo‘lgan rahbar bizga kerak emas. Tadbirkorlik subyektlariga xizmat qiladigan tashkilot tadbirkorning muammosini hal qilib bermasa, ularni bizning illatimiz deb bilamiz. Buni hech kim esdan chiqarishi kerak emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 73) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют