» » O‘zbekistonda elektron viza olish uchun murojaatlarning birortasi ham rad etilmadi

O‘zbekistonda elektron viza olish uchun murojaatlarning birortasi ham rad etilmadi


15-iyuldan boshlab O‘zbekistonda xorijliklarga elektron vizalar berish tartibi joriy qilindi. Tizimning ilk 4 ish kuni mobaynida biror kishiga ham rad javobi berilmadi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi, deb yozmoqda Spot.

Tizimga jami 534 ta ariza kelib tushgan. Ariza beruvchilarning 389 tasi erkaklar, 145 tasi ayollardir. Jami 265 ta viza berilgan bo‘lib, yana 269 ta murojaat o‘rganib chiqilmoqda.

Avvalroq, O‘zbekistonda elektron vizalar taqdim etish tizimi ish boshlagani haqida xabar qilingan edi. Ikki kun ichida salkam 200 nafar chet ellik O‘zbekistonga elektron viza uchun ariza bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют