» » Toshkent aeroportida Seulga patronlar olib ketayotgan shaxs to‘xtatib qolindi

Toshkent aeroportida Seulga patronlar olib ketayotgan shaxs to‘xtatib qolindi


“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarning bojxona chegarasi orqali noqonuniy ravishda olib o‘tilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarligini fosh etdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

“Toshkent” xalqaro aeroportida Seulga parvozi oldidan fuqaro K.T. bojxonadan “yashil” yo‘lak orqali o‘tar ekan, uning bezovtalanishi bojxonachilarning diqqatini tortdi. Shundan so‘ng, unga tegishli bo‘lgan sumka rentgen apparati orqali nazoratdan o‘tkazilganda, unda 2 dona patronlar yashirilganligi aniqlandi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, 5,45 millimetr va 7,62 millimetr kalibrli patronlar bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ma’lum qilinmagan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют