» » Toshkent xalqaro aeroportida dori vositalarining noqonuniy olib kirilishiga chek qoyildi

Toshkent xalqaro aeroportida dori vositalarining noqonuniy olib kirilishiga chek qoyildi


Toshkent-Aero ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan dori-darmon vositalarining mamlakatga noqonuniy olib kirilishiga qarshi chora-tadbirlar muntazam davom ettirilmoqda, deb xabar beradi bojxona kompleksi axborot xizmati.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida chegara-bojxona posti xodimlari Dehlidan uchib kelgan fuqaro J.Sodiqov tomonidan qiymati 24,4 million somlik 1022 dona dori vositalarining noqonuniy olib kirilishiga chek qoydi.

Shuningdek, mazkur postda 2018-yilning 22-mart kuni Istanbul va Dehlidan uchib kelgan 5 nafar yolovchi tomonidan dori-darmon vositalarining yashirincha olib kirilishiga doir qoidabuzarliklar fosh qilindi.

Fuqarolar X.Sharipova, D.Majidova, M.Nomonova, G.Azamova, S.Dalimova va B.Tolipovlar ruxsat etilgan meyorlardan ortiqcha bolgan 25 million somdan ortiq qiymatdagi 1324 dona farmatsevtika mahsulotlarini olib otmoqchi bolgan. Ushbu qoidabuzarlarning aksariyati bojxonada yashil yolak orqali otayotganda toxtatib qolingan.

Ular orasidagi shaxslardan biri B.Tolipovning qilgiliklari hammasidan otib tushdi. Mazkur hodisadan ikki kun otar-otmas, yana Dehliga yol olgan ushbu shaxs navbatdagi bojxona qoidabuzarligini sodir etdi, deyiladi xabarda.

Yani, yashil yolak orqali bojxonadan otar ekan, uning boyniga va qoliga taqilgan zanjirlar bojxonachilarning diqqatini tortdi. Sirtdan qaralganda, kumushga oxshaydigan ushbu taqinchoqlar aslida tilladan ishlangan bolib, bojxonachilarni chalgitish maqsadida oq rangga boyalgan ekan. Bundan tashqari, u qolbola usulda tayyorlangan va tegishli probasi bolmagan 1 dona quyma uzukni ham olib chiqmoqchi bolgan.

Natijada, qoidabuzardan qiymati dastlabki hisob-kitoblarga kora taxminan 26,5 million somni tashkil qiluvchi 171 gramm ogirlikdagi tilla buyumlar olib qoyildi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (5-04-2018, 11:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -