» » Toshkent aeroportida o‘q-dorilarning noqonuniy olib o‘tilishiga doir urinishlar fosh qilindi

Toshkent aeroportida o‘q-dorilarning noqonuniy olib o‘tilishiga doir urinishlar fosh qilindi


Poytaxt aeroportida Aviatsiya xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda havo yo‘llari orqali o‘q-dorilarning noqonuniy olib o‘tilishiga doir urinishlar fosh qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Bojxona chegaralarini kesib o‘tayotgan jismoniy shaxslar yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirayotganda, undagi eslatmalarga alohida e’tibor qaratishlari talab etiladi. Chunki, bu eslatmalar profilaktika vazifasini bajarib, yo‘lovchilarning bilib-bilmay bojxona qoidabuzarliklarini sodir etishlarining oldini olishga xizmat qiladi.

Ammo, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Tel-Avivga parvozi oldidan xorijiy shaxs F.Baxromovaning beparvoligi o‘zi uchun qimmatga tushdi.

Bojxona nazorati davomida ushbu shaxsga tegishli ryukzak ko‘zdan kechirilganda, uning bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilmasdan turib, 1 dona 5,45 mm kalibrdagi patronni olib chiqishga uringani fosh bo‘ldi.

Vaholanki, ushbu shaxs yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasiga jiddiyroq razm solganida, o‘q-dorilarning olib o‘tilishiga faqat vakolatli organlarning tegishli ruxsatnomalari bo‘lgan taqdirda deklaratsiyada majburiy ravishda ko‘rsatish sharti bilan ruxsat etilishini bilgan bo‘lardi.

Ayni shu xatoni takrorlaganlarning navbatdagisi fuqaro O.Alekseydir. “Toshkent—Seul” reysi bo‘yicha parvozga otlangan ushbu shaxs hamda 1 dona 5,45 mm va 1 dona 9 mm kalibrdagi patronlarni yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilmasdan turib, olib chiqishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.

Surishtiruvlar davomida esa yo‘lovchi egnidagi kurtkasining cho‘ntagidan topilgan  patronlarning qayerdan kelib qolganligini go‘yoki bilmasligini ta’kidladi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasiga binoan, kontrabanda, ya’ni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib, deklaratsiyasiz o‘q-dorilarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Опубликовано: admin (27-12-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют