» » Sudlardagi boshqaruv xodimlari soniga o‘zgartishlar kiritildi

Sudlardagi boshqaruv xodimlari soniga o‘zgartishlar kiritildi


Prezidentning 19-iyuldagi farmoniga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.

O‘zgartirishlar asosan sudlardagi boshqaruv xodimlari soniga aloqador bo‘ldi. Shuningdek, tuman (shahar) ma’muriy sudlarining namunaviy tuzilmasi yangilandi.

Xususan, endilikda tuman (shahar) ma’muriy sudlari boshqaruv xodimlari soni 2–6 birlikni (oldin — 2–4 birlik), sudyalar soni 1–3 tani (oldin — 1–2 birlik) tashkil etadi.

Shuningdek, tuman (shahar) ma’muriy sudlari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 440 (oldin — 408) birlik, shundan sudyalar soni 220 tani (oldin — 204 ta) tashkil etishi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют