» » Farg‘onadagi harbiy qismda mahalla faollari va yoshlari uchun ekskursiya tashkil etildi (foto)

Farg‘onadagi harbiy qismda mahalla faollari va yoshlari uchun ekskursiya tashkil etildi (foto)


Sharqiy harbiy okrugiga qarashli Farg‘ona viloyatidagi harbiy qismga bir guruh mahalla faollari va yoshlar tashrif buyurdi. Ular uchun harbiy qism bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Mehmonlar harbiy qism bo‘ylab ekskursiyani “Jasorat maydoni”dan joy olgan fidoyilar poyiga gul qo‘yishdan boshladi. Shuningdek, ularga jangovar mashg‘ulotlarni kuzatish imkoniyati taqdim etildi.

Tashrif buyurganlar harbiy qismda tashkil etilgan Madaniy hordiq markazi va kutubxona faoliyati, harbiylar hayoti hamda ularning yashash tarzi bilan ham yaqindan tanishdi. Askarlarning yashashi uchun yaratilgan sharoitlar mehmonlarning har birini e’tirofiga sazovor bo‘ldi.

Madaniy hordiq chiqarish maqsadida turli sport bellashuvlari, jumladan, arqon tortish, shaxmat-shashka, bilyard tashkil etildi va mehmonlar harbiylar bilan bellashdi. Harbiy qism ichidagi Havo desant tayyorgarligi shaharchasi hamda u yerdan o‘rin olgan texnikalarni ko‘zdan kechirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-07-2018, 22:42)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют