» » Foto: Chiqindixonaga aylangan Uchquduq bozori

Foto: Chiqindixonaga aylangan Uchquduq bozori


Prezidentning 2017-yil 27-martdagi “2017—2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida joylarda keng ko‘lamli ishlar davom ettirilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Biroq, Navoiy viloyati Uchquduq tumani markazida joylashgan “Uchquduq dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati tuman mutasaddilarining e’tiboridan chetda qolgan.

Vaholanki, bozor tuman hokimligi yonida joylashgan. Sotuvchi va xaridorlar uchun sharoit qoniqarsiz ahvolda.

Sanitariya holati haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Bozor atrofi allaqachon chiqindixonaga aylanib ulgurgan.

Bozor ma’muriyati va tegishli tashkilotlarning o‘z ishiga bunday sovuqqon munosabati xaridorlarning haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-07-2018, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют