» » Navoiy viloyatidagi savdo majmualari rekonstruksiya qilinmoqda

Navoiy viloyatidagi savdo majmualari rekonstruksiya qilinmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-martdagi “2017—2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyatida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi “Sensorika.uz”.

Jumladan, Navoiy viloyati Konimex tumani “Uchtepa” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi “Qizilqum dehqon bozori” 4-tipdagi zamonaviy savdo majmuasi sifatida rekonstruksiya qilinmoqda hamda avtomobillarni saqlash joyi uchun yer maydoni ajratildi.

Ayni paytda bu yerda “Impuls” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur obyektning dastlabki qiymati 1 milliard 807 million so‘m tashkil etadi.

2018-yilda dastur doirasida, tumanning “Birlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Markaziy dehqon bozori”ning mazkur hududdagi “III tip savdo majmuasi”ni yangidan bunyod etish rejalashtirilib, tuman hokimining yer ajratish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Опубликовано: admin (9-01-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют