» » Singapurda kelajak iqtisodiyotini yaratish rejasi qabul qilindi

Singapurda kelajak iqtisodiyotini yaratish rejasi qabul qilindi


Singapur hukumati shahar-davlatning ehtimoliy dunyo iqtisodiy inqiroziga qaramay, yaqin kelajakda gullab-yashnashi haqidagi prgnozni taqdim etdi, deb yozadi “Xaytek”.

Iqtisodiyot qo‘mitasi Singapurga o‘z o‘rinlarini saqlab qolish imkonini beruvchi yettita sektorni ajratib ko‘rsatdi, bular — moliya, transport xizmatlari, logistika, shahar qarorlari, sog‘liqni saqlash, raqamli iqtisodiyot va ilg‘or ishlab chiqarishlar.

Shuningdek, o‘z ma’ruzasida qo‘mita qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish ahamiyatini qayd etdi. Bundan tashqari, qo‘mita barchaga kiberxavfsizlikni o‘rganishni maslahat bermoqda, chunki u iqtisodiyot va milliy xavfsizlik uchun strategik muhimdir.

Raydshering servislari, sun’iy intellekt va robototexnika ham Singapur iqtisodiyoti taraqqiyoti uchun muhim texnologiyalar sifatida tilga olingan.

Shu bilan birga, Singapur aholisining katta qismini qayta o‘qitib, kelajak mehnat bozorida talabgir holatga keltirish zarurligi aytiladi. Buning uchun SkillsFuture kabi sxemalar mavjud. Universitetlar va korporatsiyalar yanada ilg‘or startaplarni yaratish uchun o‘zaro hamkorlik qilishi kerak.

Опубликовано: admin (15-02-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют