» » O‘zMAA yil oxirigacha 1200 dan ortiq adabiyot taqdim etadi

O‘zMAA yil oxirigacha 1200 dan ortiq adabiyot taqdim etadi


23-iyul kuni Milliy matbuot markazida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti tomonidan chop etilgan “Ma’nolar maxzani” hamda “Yosh rahbar ensiklopedik lug‘ati” kitoblarining taqdimoti o‘tkazildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Taqdimotda bugungi kunda O‘zMAA tomonidan kitob va kitob mahsulotlarini, kitobxonlikni aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida yanada kengroq targ‘ib qilish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

— O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tizimida faoliyat yurituvchi “O‘zbekiston”, “O‘qituvchi”, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uylari hamda “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti tomonidan tomonidan joriy yilda 1200 dan ortiq nomdagi adabiyotlarni chop etish rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kungacha ularning 500dan ortig‘i o‘quvchilar qo‘liga borib yetdi. Bu kabi taqdimotlarni bundan keyin har oyda, har haftada tashkil etish mo‘ljallangan. Ayniqsa, sentyabr oyida kitobxonlarga juda ko‘plab adabiyolar taqdim etiladi, — deb ma’lumot berdi O‘zMAA boshqarma boshlig‘i J. Husanov.

Taqdimotda so‘zga chiqqan filologiya fanlari doktor B. Karimov, O‘zMAA Axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi M. Omonov, filologiya fanlari doktor U. Jo‘raqulov hamda nashriyot muharriri L. Hasanovalar ushbu kitoblarning tayyorlanishidan tortib, ularning ma’no-mazmuni, o‘quvchilarga beradigan ma’naviy ozuqasi haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-07-2018, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют