» » Samarqand viloyat hokimligining qisqa raqamli ishonch telefoni ishga tushirildi

Samarqand viloyat hokimligining qisqa raqamli ishonch telefoni ishga tushirildi


Samarqand viloyat hokimligida kun davomida ishlaydigan qisqa 1177 raqamli ishonch telefoni ishga tushirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Endi samarqandliklar viloyat hokimligiga aloqa almashishning ushbu vositasi orqali barcha masalalar bo‘yicha murojaat qilishi mumkin bo‘ladi.

Avvalroq Samarqand viloyatida tadbirkorlik subyektlari tomonidan duch kelinayotgan muammolar va turli to‘siqlarni tezkorlik bilan hal etish hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov “Juma – tadbirkorlar kuni” deb e’lon qilgan edi.

Hal etilmagan har qanday muammoli masalalar bo‘yicha viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov juma kunlari uchrashuv o‘tkazishini bildirib o‘tgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-07-2018, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют