» » Sud Kitkat shokoladlari shaklini Yevropa Ittifoqi savdo belgisi sifatida tan olmadi

Sud Kitkat shokoladlari shaklini Yevropa Ittifoqi savdo belgisi sifatida tan olmadi


Yevropa sudi to‘rtta ingichka tayoqchalardan iborat Kitkat shokoladlarining shaklini Yevropa Ittifoqining savdo belgisi sifatida tan olmadi. Qaror Shveysariyaning oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqaruvchi Nestle kompaniyasi tomonidan berilgan da’voni ko‘rib chiqish natijasida qabul qilingan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Xabar berilishicha, Nestle avvalroq Yevropa Ittifoqi umumiy yurisdiksiyasi sudining 2016-yildagi qarori ustida appelyatsiya bergan. O‘sha qarorga ko‘ra, to‘rtta ingichka qismdan iborat shokolad shakli Yevropa Ittifoqining tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazila olmas edi, chunki u ittifoqning yetarli miqdordagi a’zo davlatlarida ommalashmagan edi.

Sud to‘rtta qismdan iborat shokolad ittifoqning o‘nta mamlakati: Daniya, Germaniya, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Avstriya, Finlyandiya, Shvetsiya va Buyuk Britaniyadagi iste’molchilar orasidan tanilganligini tan olgan. Biroq u Belgiya, Gretsiya, Irlandiya va Portugaliyada yetarlicha tanilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 06:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 40) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют