» » Fransiya prezidentligiga nomzod mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqish zaruratini ma’lum qildi

Fransiya prezidentligiga nomzod mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqish zaruratini ma’lum qildi


Fransiya prezidentligiga nomzod Jan-Lyuk Melanshon Fransiya Yevropa Ittifoqining barcha muhim kelishuvlaridan chiqishi lozim deb hisoblashini bayon qildi. Bu haqda u teledebatlarda ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Fransiya Yevropa Ittifoqining barcha muhim kelishuvlaridan chiqishi lozim degan fikrdaman. Bryusseldan bizga mamlakatda qanday ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar o‘tkazish kerakligi haqida buyruq berilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, — dedi u.

Uning so‘zlariga qaraganda, Yevropa Ittifoqi Fransiyadagi mehnatkashlarning yuqori darajada ekspluatatsiya etilishi bilan bog‘liq vaziyatni keltirib chiqaradi. U Yevropa Ittifoqining mazkur chegaralari Fransiyaning o‘z islohotlar quvvatidan foydalanishiga to‘sqinlik qilishini qo‘shimcha qildi.

U, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Kanada va AQSh bilan erkin savdo zonalari to‘g‘risidagi kelishuvlari Fransiyaning iqtisodiy ahvolini yanada yomonlashtirishini ma’lum qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-04-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 81) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют