» » Sukerberg Facebook aksiyalari arzonlashi oqibatida 16,8 milliard dollar yo‘qotdi

Sukerberg Facebook aksiyalari arzonlashi oqibatida 16,8 milliard dollar yo‘qotdi


Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg kompaniya aksiyalari qiymatining tushishi oqibatida 16,8 milliard dollar yo‘qotdi. Bu haqda Bloomberg’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Facebook aksiyalari kompaniyaning chorak davr bo‘yicha hisoboti e’lon qilinganidan keyin arzonlagan. Hisobotda ijtimoiy tarmoq daromadlarining o‘sish suratlari pasaygani haqida ma’lumotlar keltirilgan edi.

Hisobotga ko‘ra, chorak davr mobaynida kompaniya daromadi 5,12 milliard dollarni tashkil qilgan. 2017-yiling mos davrida kompaniya 3,89 milliard daromad olgan. Kompaniya hisoboti e’lon qilinganidan keyin tahlilchilar ijtimoiy tarmoqning keyingi faoliyati bo‘yicha salbiy bashoratlarini ilgari surdi.

Bloomberg ma’lumotlariga qaraganda, Facebook aksiyalari arzonlashishda davom etsa, Sukerberg dunyoning eng badavlat kishilari ro‘yxatida 6-o‘ringa tushib qoladi. Ayni paytda Facebook asoschisi agentlik tuzgan ro‘yxatda 3-o‘rinni egallamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 22) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют