» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” bo‘lajak uchuvchilar uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazadi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” bo‘lajak uchuvchilar uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazadi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining O‘quv-mashq markazi uchuvchilarni dastlabki tayyorlash o‘quv kurslariga tanlov o‘tkazilishi munosabati bilan joriy yilning 6—7-avgust kunlari “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tishini e‘lon qiladi.

Agar siz hali 27 yoshga to‘lmagan bo‘lsangiz, tugallangan oliy texnik ma’lumot va IELTS sertifikati bilan tasdiqlangan ingliz tilining 6-darajasiga ega bo‘lsangiz, unda fuqaro aviatsiyasi uchuvchilari uchun dastlabki tayyorgarlik kurslarida ta’lim olish imkoniyatiga egasiz.

O‘qish davomiyligi, hujjatlarni qabul qilish va imtihon topshirish muddati, nomzodlar uchun tibbiy va boshqa talablar haqida to‘liq ma’lumot olish uchun Toshkent shahar, Qumariq ko‘chasi 120-uyda joylashgan MAK O‘quv–mashq markaziga kelish mumkin.

“Sizni ‘O‘zbekiston havo yo‘llari’ milliy aviakompaniyasining O‘quv-mashq markazida 6—7-avgust kunlari soat 14:00da kutamiz. Markaz hududiga kirish uchun o‘zingiz bilan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi shart”, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 15:57)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют