» » Toshkentda yangicha ko‘rinishdagi o‘rindiq va urnalar paydo bo‘ladi

Toshkentda yangicha ko‘rinishdagi o‘rindiq va urnalar paydo bo‘ladi


Tez orada Toshkentda yangicha ko‘rinishdagi o‘rindiq va urnalar paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda shahar hokimligi huzuridagi jamoatchilik kengashiga tayanib, “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Kengashning qayd qilishicha, Toshkentni dam olish uchun qulay maskanga aylantirish hamda o‘rindiqlar va urnalar bilan bog‘liq muammolarni hal qilish maqsadida yangi aksiya o‘tkaziladi. Aksiya “Shaharga o‘rindiq va urna sovg‘a qil” deb nomlanadi.

Unga ko‘ra, tadbirkorlar, ishbilarmonlar shaharning istalgan qismiga o‘rindiq va urnalar o‘rnatishi mumkin bo‘ladi. Evaziga ular o‘zlarining logotiplarini qurilgan ob’ektga joylashtirib, reklama qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Shuningdek, hokimlik kengashi dizayner, rassomlar va aholidan o‘rindiq hamda urnalarning qanday ko‘rinishda bo‘lishi bo‘yicha takliflarni ham so‘ragan. Istagan ko‘ngilli mazkur tadbirda ishtirok etishi va o‘z mahsulotini taqdim qilishi mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют