» » Rossiya, Xitoy va Qozog‘iston O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlariga aynlandi

Rossiya, Xitoy va Qozog‘iston O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlariga aynlandi


Tashqi savdo vazirligi 2018-yil birinchi yarmida O‘zbekiston bilan savdo hajmi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar o‘nligini e’lon qildi.

Unda birinchi o‘rinni Rossiya egalladi. Ushbu davlat bilan savdo aylanmasi 2 826 mln dollarni tashkil etgan. Eksport 1 022,4 million dollar, import 1 813 million dollarga teng bo‘ldi. Bu mamlakatning umumiy savdo aylanmasidagi ulushi 16 foiz.

Keyingi o‘rinda Xitoy bormoqda: savdo aylanmasi 2 811,3 million dollar, eksport 1 304,6 mln dollar, import 1 506,7 mln dollar. Umumiy savdo aylanmasidagi ulushi 15,9 foiz.

Uchinchi o‘rinda Qozog‘iston joylashdi: savdo aylanmasi 1 436,7 mln dollar, eksport 701,4 va import 735,3 million dollar. Umumiy savdo aylanmasidagi ulushi 8,1 foiz.

Keyingi o‘rinlardan Turkiya, Koreya, Afg‘oniston, Germaniya, AQSh, Latviya va Belarus joy oldi.

Vazirlik, shuningdek, 2018 -yilning birinchi yarmida O‘zbekiston tomonidan eksport qilingan mahsulotlar ro‘yxatini ham e’lon qildi.

Eng ko‘p eksport qilingan mahsulotlar orasida birinchi o‘rinda tabiiy gaz, keyingi o‘rinlarda meva-sabzavotlar va ip-paxta mahsulotlari joylashgan.

Eksportning umumiy hajmi 7 793 421,1 ming dollarni tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-07-2018, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют