» » “Domodedovo” aeroporti “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKni eng punktual aviatashuvchi deb topdi

“Domodedovo” aeroporti “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKni eng punktual aviatashuvchi deb topdi


Moskvaning “Domodedovo” aeroporti hamkor aviakompaniyalar o‘rtasida an’anaviy ravishda oy yakunlari bo‘yicha eng punktual aviatashuvchini aniqladi, deya “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

2018-yil iyun oyi yakunlariga ko‘ra, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Moskvaning “Domodedovo” aeroportidan belgilangan jadvaldan kechikishsiz xalqaro qatnovlarni amalga oshirgan eng punktual aviakompaniya deb topildi.

Milliy aviakompaniya hozirgi kunda ushbu aeroportga O‘zbekiston shaharlaridan haftasiga 36 ta muntazam xalqaro qatnov, xususan, Toshkentdan 16 ta qatnovni amalga oshiradi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK kuz-qish mavsumida poytaxtdan haftasiga 21 ta qatnovni amalga oshirishni rejalashtirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2018, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 124) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют