» » Toshkent viloyatida YPX inspektorlari reydlar o‘tkazishni boshladi. Chinozda mashinalar jarima maydoniga sig‘may qoldi

Toshkent viloyatida YPX inspektorlari reydlar o‘tkazishni boshladi. Chinozda mashinalar jarima maydoniga sig‘may qoldi


Toshkent viloyati IIB YHX boshqarmasi tomonidan viloyat hududida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash borasida bir qator profilaktik reyd tadbirlari amalga oshirib kelinmokda. Lekin olib borilayotgan profilaktik chora-tadbirlarga qaramasdan, ayrim haydovchilar tomonidan transport vositasini mast holda yoki tegishli hujjatlarsiz boshqarish holatlari uchramoqda. Bu haqda Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida viloyatning barcha 22 ta shahar va tumanida maxsus reyd tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirildi.

26-iyul kuni Chinoz tumani va Yangiyo‘l shahrida o‘tkazilgan tadbirlar davomida jami 138 nafar haydovchi transport vositalarini tegishli hujjatlarsiz boshqargan va 6 nafar haydovchi mast holda transport vositalarini boshkarganligi aniklandi. Ushbu haydovchilarning transport vositalari vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirildi.

YPX inspektorlarining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Chinoz tumanidagi vaqtinchalik jarima maydonchasiga mashinalar sig‘may qolgan. Shu sababli ba’zi mashinalar paxta punkti hududiga joylashtirilgan.

Bugun, 27-iyulda reydlar Yangiyo‘l tumani va Yangiyo‘l shahri hududida bo‘lib o‘tmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2018, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют