» » IV Xalqaro armiya o‘yinlariga start berildi. Unda o‘zbekistonlik harbiylar ham ishtirok etmoqda

IV Xalqaro armiya o‘yinlariga start berildi. Unda o‘zbekistonlik harbiylar ham ishtirok etmoqda


Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Ozarbayjon, Armaniston, Xitoy va Eronning poligonlarida bo‘lib o‘tadigan yilning eng nufuzli harbiy musobaqalariga 28-iyul kuni Rossiyaning Moskva viloyatidagi “Patriot” parkida start berildi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unda Rossiya, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston mudofaa vazirlari hamda Venesuela, Vyetnam, Myanma qurolli kuchlari bosh shtabi boshliqlari qatnashdi. O‘zbekistondan mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev vakillik qildi.

To‘rtinchi Xalqaro armiya o‘yinlarida bu yil 33 mamlakatning 200 dan ziyod jamoalari 7 davlatning 24 ta poligoni bazalarida ArMI-2018 musobaqaning 28 yo‘nalishi bo‘yicha o‘zaro kuch sinashadi.

“Harbiy olimpiada” nomini olgan musobaqalarning deyarli hamma yo‘nalishida harbiylarning qurol bilan ishlash ko‘nikmasi amalda sinaladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-07-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 99) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют