» » “Buyuk Kelajak” ekspertlari O‘zbekistondagi virtual qabulxonalar va portallar tizimini o‘zgartirishni taklif qildi

“Buyuk Kelajak” ekspertlari O‘zbekistondagi virtual qabulxonalar va portallar tizimini o‘zgartirishni taklif qildi


Toshkentdagi Vestminster universitetida “Innovatsion rivojlanish vazirligi va “Buyuk Kelajak” ekspertlarining o‘zaro hamkorlik platformasini shakllantirish” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Konferensiyada Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariyati, boshqarma va bo‘lim boshliqlari hamda AQSh, Yevropa, Yaponiya va Rossiyada faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbekistonlik olimlar va turli soha ekspertlari ishtirok etdi. “Buyuk Kelajak” ekspertlarining ayrimlari tadbirda shaxsan ishtirok etgan bo‘lsa, boshqalari video-konferensiya orqali qatnashdi.

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov xorijda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbekistonlik ekspertlarga respublikamizda innovatsion rivojlanishi borasida olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi. So‘ngra vazirlik vakillari va “Buyuk Kelajak” ekspertlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasini, qabul qilingan va loyihasi tayyorlanayotgan qonunchilik hujjatlarini muhokama qildi.

Konferensiyada, shuningdek, vazirlik faoliyat yo‘nalishlarida “Buyuk Kelajak” ekspertlari bilan yaqindan hamkorlik qilish maqsadida vazirlik boshqarmalari va “Buyuk Kelajak” ekspertlaridan iborat ishchi guruhlar tuzildi.

Konferensiya ishtirokchilari ko‘plab masalalarni muhokama qilib, fikr almashdi, turli sohalarga doir aniq takliflar, istaklar bildirdi. Jumladan, “Buyuk Kelajak” ekspertlari O‘zbekistondagi hukumat virtual qabulxonalari, portallarini faqat murojaat va shikoyatlarni qabul qiluvchi platforma emas, balki tushayotgan savollarga javoblarni ham aks ettiruvchi axborot tizimiga aylantirish vaqti kelganini aytdi. Shunda ma’lum muammo bilan chiqishni istagan fuqaro xuddi shu masala bo‘yicha oldinroq murojaat qilgan fuqaroga berilgan javob bilan tanishib, o‘zini qiynayotgan masalaga oydinlik kiritib olishi, portal fuqarolarning huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qiluvchi manbaga aylanishi mumkinligi ta’kidlandi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi mutaxassislari bugungi kunda tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish masalasi dolzarb ekanligini inobatga olgan holda ilmiy-tekshirish muassasalari xodimlarini marketing asoslariga o‘rgatish zarurligi haqida gapirdi. Ilm-fan natijalarini bozorga olib chiqish, uni xaridorini topish anchayin mushkul ekani, ayrim hollarda esa ularni umuman sotish imkoniyati yo‘qligi bois, endi ilmiy ishlanmalarni muayyan buyurtmachilarning takliflariga binoan yaratish tizimini ishga tushirish lozimligi bildirildi. Bunda olimlar, tadqiqotchilardan marketolog bo‘lish ham talab etiladi. Aynan olimlarni shu sohada bilimga ega bo‘lishlari uchun xorijlik ekspertlarni jalb qilish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2018, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют