» » Sergeli tumanidagi yog‘och uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Sergeli tumanidagi yog‘och uylardan birida yong‘in sodir bo‘ldi


Toshkent shahar IIBB YoXBga 29-iyul kuni soat 18:04 da Sergeli tumani, Sputnik-8 dahasidagi 58-uyda (tumandagi yog‘och uylardan biri) yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi.

O‘t o‘chiruvchilar guruhi voqea joyiga sanoqli daqiqalarda yetib bordi. Bu yerda yong‘in 2 qavatli uyning 1-qavatida kelib chiqqani maa’lum bo‘ldi.

Tezkor guruhning sa’y-harakatlari bilan yong‘in soat 18:26 da to‘liq bartaraf etildi. Qurbonlar yo‘q, uy egasi, 63-yoshli Ye. Alevtina ham jarohat olmagan.

Yuqori qavatda yashovchi qo‘shni, 70 yoshli B.Vladimirning oyog‘i evakuatsiya vaqtida yengil jarohatlangan va zudlik bilan kasalxonaga olib ketilgan.

Boshqa qo‘shni xonadonlardagi 4 nafar kishi o‘t o‘chiruvchilar yordamida qutqarib qolindi.

Yong‘inga o‘chirilmagan sigareta sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют