» » Fotogalereya: Texasdagi g‘aroyib inshootlar

Fotogalereya: Texasdagi g‘aroyib inshootlar


Arxitektorlar o‘zlari yaratayotgan inshootlarning noodatiy shakli bilan boshqalarni hayratga solishni yaxshi ko‘radi. AQShning Texas shtatida ham ana shunday inshootlarni uchratish mumkin. Forum Daily ularga e’tibor qaratdi.

Ustomonlik va tadbirkorlik asosida qurilgan minora katta yo‘lning chetida joylashgan va 1980-yillarda paydo bo‘lgan. Uning muallifi bo‘lgan Ralf Britten katta yo‘ldan o‘tayotgan haydovchilarning e’tiborini go‘yoki qulayotgan minoraga tortib, ularni to‘xtashga va minoradagi “avariya” haqida uning egasiga xabar berishga majbur qilgan. To‘xtagan haydovchi, albatta, Ralfning oshxonasiga kiradi va ovqatlanadi yoki boshqa joylarga nisbatan arzonroq narxda yoqilg‘i sotib oladi.

Texas shtatida Italiya deb nomlanuvchi shahar joylashgan bo‘lib, u yerda faqat gumbaz shaklidagi uylar qurish bilan shug‘ullanuvchi Monolithic Dome Institute kompaniyasi faoliyat olib boradi. Kompaniya xodimlari “dumaloq” uylarni yoqtiradi va ularning turli tabiiy ofatlarga chidamli qulay, umrboqiy va energiya tejovchi uy ekanligiga ishontiradi. 1990-yillar boshida Texasda Bruko uylari paydo bo‘lgan. “Bruco” italyan tilida “shilliqqurt” degan ma’noni bildiradi. Bruko uylari kompaniyaning tashrif qog‘oziga aylangan. Bunday uylar nafaqat Texasda, balki dunyoning boshqa mintaqalarida ham qurilgan.

Rassom va arxitektor Den Fillip tomonidan loyihalashtirilgan 10,5 metrli “Uy — kovboy etigi” Xantsvill shahrida 2017-yilning yanvar oyida paydo bo‘lgan.

Fillip etikning juftini qurish o‘rniga, uning yonida kovboy shlyapasi shaklida uy qurgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2018, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют