» » Malayziya kriminal politsiyasi vakillari Toshkent shahar IIBB faoliyati bilan tanishdi

Malayziya kriminal politsiyasi vakillari Toshkent shahar IIBB faoliyati bilan tanishdi


O‘zbekistonga kelgan Malayziya huquq-tartibot organlari vakillaridan iborat delegatsiya Toshkent shahar IIBBda bo‘ldi.

Malayziya kriminal politsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Mohd Zakariyo bin Ahmad boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini IIBB boshlig‘i va boshqa mutasaddilar qarshi olib, mehmonlarga mamlakatda, xususan, poytaxtda ichki ishlar tizimida olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekiston va Malayziya aholi soni, yer maydoni bo‘yicha bir-biriga o‘xshash mamlakatlar. Bo‘lib o‘tgan muloqotlarda esa har ikki yurt ichki ishlar tizimida ham o‘zaro yaqinliklar borligi, tuzilish va funksional vazifalar katta farq qilmasligi ma’lum bo‘ldi. Yana bir qiziq fakt, Malayziyada ichki ishlar organlari tomonidan har yili mamlakat bo‘yicha jinoiy holatlarni 5 foizga pasaytirib borish ko‘zda tutilgan. Biroq janob Mohd Zakariyo Bin Ahmadning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi 10 yilda ushbu ko‘rsatkich 40 foizni tashkil etgan, xolos.

Toshkent shahrida esa bu borada ancha yaxshi ko‘rsatkichlarga erishilgan. Shu yilning o‘tgan 6 oy va 20 kunida umumiy jinoyatlar soni qariyb 54 foizga pasaygan. Delegatsiya rahbari qo‘lga kiritilayotgan ushbu yutuqlar bilan hamkasblarini qutlagani barobarida, O‘zbekistonga amalga oshirilgan tashrif samarali bo‘lgani va bu o‘zaro tajriba almashish va aloqalarni yanada mustahkamlashga zamin yaratishini alohida e’tirof etdi.

Uchrashuv doirasida delegatsiya a’zolari Olmazor tumanidagi 2-sonli Ichki ishlar bo‘limida ham bo‘lib, bu yerda aholi murojaatlari bilan ishlash, hududni zamonaviy texnologiyalar asosida nazorat va muhofaza qilish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek, poytaxtning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2018, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют