» » Baxmalda harbiy xizmatchilarning farzandlari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi (foto)

Baxmalda harbiy xizmatchilarning farzandlari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi (foto)


Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi harbiy qismlardan birida harbiy xizmatchilarning oila a’zolari uchun “Oiladan boshlanar Vatan!” nomli madaniy-xordiq tadbiri tashkillashtirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Baxmal tumani hokimligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mazkur tadbir davomida harbiy xizmatchilarning farzandlari o‘rtasida sportning shaxmat-shashka, mini futbol, basketbol turlari bo‘yicha, harbiylarning turmush o‘rtoqlari o‘rtasida esa darts, qizlar raqsi, “Intellektual ayollar” bellashuvlari uyushtirildi.

Mudofaa vazirligi vakillari, tuman hokimligining Ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha o‘rinbosari Diyor Saidqulov, viloyat “Oila markazi” rahbari Malohat Xoliqova, tuman hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi Akmal Mamarahimov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni tashkillashtirilgan tadbir munosabati bilan tabrikladi.

Bundan tashqari yosh bolajonlar o‘rtasida asfaltga rasm chizish tanlovi ham bo‘lib o‘tdi va ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar berildi. Tadbirda ishtirok etgan bolalarning har biriga yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish, ularda adabiyotga bo‘lgan muhabbatni yanada rivojlantirish maqsadida o‘zbek va jahon adabiyoti namunalaridan iborat noyob asarlar topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-07-2018, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют