» » O‘zbekistonda g‘o‘za zararkunandalari va hasharotlari ko‘paygan. Shavkat Mirziyoyev fermerlardan hosil uchun mas’uliyatni kuchaytirishni talab qildi

O‘zbekistonda g‘o‘za zararkunandalari va hasharotlari ko‘paygan. Shavkat Mirziyoyev fermerlardan hosil uchun mas’uliyatni kuchaytirishni talab qildi


Bu yil O‘zbekistonda g‘o‘za zararkunandalari va hasharotlari ko‘paygan, bu holat esa jiddiy muammo bo‘lib turibdi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, bu ma’lumot 31-iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida g‘o‘za rivojini jadallashtirish, g‘alla o‘rimidan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilingan.

Olimlarning aniqlashicha, birgina ko‘sak qurti kapalagining qishdan chiqish darajasi 76 foizni tashkil etmoqda. Bu oxirgi yillardagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Hasharotlarning qishdan chiqish darajasi 50 foiz bo‘lganda favqulodda holat deb baholanadi. Bu yil esa hasharot 1,5 barobar ko‘p. Bundan barcha rahbarlar tegishli xulosa chiqarishi, ayniqsa, fermerlar o‘z hosili uchun ma’suliyatni kuchaytirishi shart.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Yig‘ilishda zararkunanda va hasharotlarga qarshi kurashish ishlarini tizimli tashkil qilish, g‘o‘zaga ilmiy yondashuv asosida kimyoviy ishlov berish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev g‘o‘zani chanqatib qo‘ygan tuman rahbarlariga chora ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Videoselektorda g‘o‘zani sug‘orish masalasiga ham to‘xtalib o‘tilgan. Suvdan maqsadli foydalanish, g‘o‘za maydonlarini sug‘orish jadvalini ishlab chiqish, uzoqdagi fermer xo‘jaligi dalasigacha suv yetib borishini ta’minlash, “sharbat” usulida sug‘orishni tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2018, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют