» » Shavkat Mirziyoyev g‘o‘zani chanqatib qo‘ygan tuman rahbarlariga chora ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev g‘o‘zani chanqatib qo‘ygan tuman rahbarlariga chora ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma berdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 31-iyul kuni g‘o‘za rivojini jadallashtirish, g‘alla o‘rimidan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yil 4-iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda 5-iyuldan 5-sentabrga qadar “hosilga-hosil qo‘shish dolzarb ikki oyligi” e’lon qilingan edi. Yig‘ilishda shu borada amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

O‘tgan vaqtda g‘o‘za rivojining kechikishi bartaraf etilmagani, hali ham 8—10 kunga, ba’zi joylarda 12—15 kunga ortda qolish kuzatilayotgani ta’kidlandi. Ayrim tumanlarda paxta o‘z holiga tashlab qo‘yilgani, muhim agrotexnik tadbirlar vaqtida bajarilmagani, g‘o‘za chanqatib qo‘yilib, bu hosil yo‘qolishiga olib kelayotgani tanqid qilindi.

Qishloq xo‘jaligidagi vazifalarni bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan tumanlar rahbarlariga tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. Paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish, g‘o‘zani chanqatmay, qator oralariga ishlov berish, kultivatorlardan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.

Yig‘ilishda g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish, shartnoma tuzish va bo‘nak mablag‘lari berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, “Tomorqa xizmati” korxonalari faoliyatini jonlantirish, xonadonlarga urug‘lik, mineral o‘g‘it va boshqa zarur narsalarni yetkazib berish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Mahalliy byudjetga qo‘shimcha daromad tushirish zaxiralarini safarbar qilish, mahsulot va xizmatlarni eksport qilish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarni bajarish masalalari ham atroflicha muhokama qilinib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2018, 20:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют