» » Rasman: “Barselona” himoyachisi Luka Din “Everton”ga ko‘chib o‘tdi

Rasman: “Barselona” himoyachisi Luka Din “Everton”ga ko‘chib o‘tdi


“Barselona”ning fransiyalik himoyachisi Luka Din faoliyatini Angliya premyer-ligasida davom ettiradigan bo‘ldi. “Everton” futbolchini sotib olganini rasman e’lon qildi.

Unga ko‘ra 25 yoshli Luka “Everton” bilan 2023-yilgacha shartnomaga imzo chekkan. Transfer summasi ochiqlanmagan.

Avvalroq “Everton” kataloniyaliklar g‘aznasiga futbolchi uchun 20 million yevro atrofida mablag‘ o‘tkazilishi haqida xabarlar berilgandi.

“Everton” — ulkan tarixga ega, katta klub. Men futbol o‘ynashni, g‘alaba qozonishni va sifatli futbol bilan muxlislarni xursand qilishni xohlayman”, — deydi “Everton”ning yangi a’zosi.

Ispaniya La Ligasining o‘tgan mavsumida Din “Barselona” safida 12 ta uchrashuvda (shundan 8 tasi asosiy tarkibda) maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgandi. Ma’lumot uchun 2016-yilda “Barselona” futbolchini PSJdan 16,5 million yevro evaziga sotib olgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2018, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют