» » Ozbekistonda meva va sabzavotlarni Ozagroeksport ornatgan narxlardan past narxda eksport qilishga ruxsat berildi

Ozbekistonda meva va sabzavotlarni Ozagroeksport ornatgan narxlardan past narxda eksport qilishga ruxsat berildi


Ozbekistonda meva-sabzavot uchun eksport kontraktlarini Ozagroeksport kompaniyasi elon qilgan narxlardan past bolmagan narxlar boyicha tuzishga doir majburiy tartib bekor qilindi. Bu Ozbekiston Prezidenti tomonidan 1-avgust kuni imzolangan Ozbekiston Respublikasida investitsion muhitni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari togrisidagi farmonda kozda tutilgan.

Shu bilan birga eksport kontrakti tuzmasdan invoys asosida otkaziladigan meva-sabzavot mahsulotlarini bojxonada bojxona yuk deklaratsiyasi royxatga olinadigan kunda Ozagroeksport rasmiy veb-saytida qayd etilgan narxlardan past bolmagan narxlar boyicha rasmiylashtirish tartibi ham bekor qilindi.

Ushbu tartib Ozbekiston hukumatining 2017-yil dekabridagi qarori bilan joriy etilgan edi. Uni bekor qilish boyicha taklif Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat raqobat qomitasi tomonidan tayyorlangan. Avvalroq tadbirkorlar oz mahsulotlarini Ozagroeksport belgilagan narxlardan past narxda xorijga sota olmayotganidan kop norozilik bildirgan edi.

Ozbekistonda yetishtirilgan yangi meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga yetkazib berish boyicha monopoliyani qolga kiritgan Ozagroekspert ixtisoslashgan tashqi savdo kompaniyasi 2016-yil aprelida tashkil etilgan. Ozbekiston Prezidentining 2017-yil iyulidagi qarori bilan u monopoliya huquqidan mahrum bolgan edi, deb yozadi Gazeta.uz.



Manba: Daryo.uz
: admin (1-08-2018, 22:42)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 4) ( 1)
:
-
:
20 ... -