» » “Paxtakor” “Lokomotiv” bilan durangga rozi bo‘ldi, “Nasaf” “So‘g‘diyona”ni, AGMK esa “Qizilqum”ni mag‘lub etdi

“Paxtakor” “Lokomotiv” bilan durangga rozi bo‘ldi, “Nasaf” “So‘g‘diyona”ni, AGMK esa “Qizilqum”ni mag‘lub etdi


Bugun, 1-avgust sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 20-tur bahslari boshlandi. Kun taqvimidan odatga ko‘ra 3 uchrashuv o‘rin olgandi. Ularning barchasi yakuniga yetdi.

Kunning dastlabki o‘yini Jizzaxda bo‘lib o‘tdi. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida hozirda qiyin davrlarni o‘tkazayotgan “Nasaf”ni qabul qildi. Uchrashuv taqdirini qarshiliklar o‘yinchisi Islom Kenjaboyev tomonidan 15-daqiqada kiritgan yagona gol hal etdi. Shu tariqa “Nasaf” bir necha mag‘lubiyatli o‘yinlar seriyasiga barham berdi.

Ikkinchi bellashuv Olmaliqda kechdi. AGMK o‘z uyida “Qizilqum”ni mehmon qilib, Zafar Polvonov, Jasur Hasanov va Jamshid Hasanovning gollari sabab 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Turning markaziy o‘yini esa Toshkentda bo‘ldi. “Paxtakor” “poytaxt derbisi”da “Lokomotiv”ni qabul qildi. Uchrashuvda hisob 45-daqiqa “sherlar” legioneri Tiago Bezerra tomonidan ochildi. Ikkinchi bo‘limning 87-daqiqasida esa “Lokomotiv” Husniddin G‘ofurovning goli evaziga hisobni tenglashtirdi va durangga erishdi.

Pepsi Superliga

1-avgust, chorshanba

20-tur bellashuvlari

“So‘g‘diyona” — “Nasaf” 0:1

Gol:? 0:1—15 Islom Kenjaboyev.

AGMK — “Qizilqum” 0:3

Gollar:? 1:0—14 Zafar Polvonov, 2:0—31 Jasur Hasanov, 3:0—68 Jamshid Hasanov.

“Paxtakor” — “Lokomotiv” 1:1

Gollar:? 1:0—45 Tiago Bezerra, 1:1—87 Husniddin G‘ofurov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-08-2018, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют