» » “O‘zavtosanoat” yangi rusumdagi avtomobillar ishlab chiqaradi

“O‘zavtosanoat” yangi rusumdagi avtomobillar ishlab chiqaradi


“O‘zavtosanoat” yangi rusumdagi avtomobillarni ishlab chiqaradi. Bu haqda Toshkent shahrida Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ma’lum qilindi, deb yozmoqda Spot.

2018—2021-yillarda “O‘zavtosanoat” qiymati 290,9 million dollarlik 10 ta investitsion loyihani amalga oshiradi.

Bundan 65,1 million dollar yengil avtomobillarning, 110,7 million dollar tijoriy transport vositalarining yangi modellarini ishlab chiqarishga sarflanadi.

45,7 million dollar butlovchi qismlar va 6,2 million dollar mavjud ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi.

Ma’lum qilinishicha, 2017-yili GM Uzbekistan 140 247 ta yengil avtomobil ishlab chiqargan. 2016-yilga nisbatan o‘sish surati 59 foizni tashkil qilgan.

Shuningdek, Samarqand avtomobil zavodida 2017-yili 3600 ta yuk mashinasi va avtobus (o‘sish surati — 5,5 foiz), JV MAN Auto-Uzbekistan 1200 ta yuk mashinasi va avtobus ishlab chiqargan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2018, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 86) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют