» » Toshkent shahar IIBB delegatsiyasi Janubiy Koreyaga tashrif buyurdi

Toshkent shahar IIBB delegatsiyasi Janubiy Koreyaga tashrif buyurdi


Toshkent shahar IIBB delegatsiyasi Koreya taklifiga ko‘ra, ushbu mamlakatga tashrif buyurdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Tashrifdan ko‘zlangan maqsad ushbu mamlakat politsiyasi faoliyatini o‘rganish, tajriba almashish, jamoat tartibini saqlash yuzasidan o‘zaro fikr almashish. Tashrif davomida har ikki mamlakat ichki ishlar organlari vakillarining qator uchrashuvlari o‘tkazilib, ularda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish va shu orqali jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash sohasidagi istiqboldagi rejalar muhokama etilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Tashrif mobaynida delegatsiya a’zolari Koreya Respublikasi politsiyasi milliy agentligida bo‘lib, Bosh komissar janob Min Gab Reng bilan muzokara olib bordi. Unda ikki do‘st mamlakat o‘rtasida iliq munosabatlar  o‘rnatilgani, ularni yanada mustahkalshdan tomonlar manfaatdor ekanliklari qayd etildi. Shuningdek, Seul shahri politsiya agentligi komissari Li Ju Min bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar IIBB vakillariga ushbu tashkilotning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, jumladan patrul-post va yo‘l-patrul xizmati, ularning texnik va transport vositalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Delegatsiya a’zolari Seul shahri meriyasi (hokimligi)da bo‘lib shahar ma’muriyati a’zolari bilan uchrashdi va “Seul boshqaruv markazi” intelektual tizimi bilan tanishdi. Bo‘lib o‘tgan brifingda esa mehmonlarga “Xavfsiz shahar” tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Bundan tashqari, delegatsiya a’zolari Yeksam politsiya uchastkasi, “U-Gangnam” videokuzatuv nazorat markazi va “112” vaziyatlar markazi hamda “Transport nazorati markazi”da bo‘lib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Toshkent shahar IIBB delegatsiyasining Koreyaga tashrifi davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2018, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют