» » TIV Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talabaning kaltaklanishi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganmoqda

TIV Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talabaning kaltaklanishi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganmoqda


O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi Kyongsang provinsiyasida yuz bergan hodisa bilan bog‘liq vaziyatga aniqlik kiritmoqda. U yerda, mahalliy OAVlari ma’lumotiga ko‘ra, mahalliy migratsiya xodimlari o‘zbekistonlik talabani kaltaklagan. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Hodisa 16-iyul kuni yuz bergan. Vaziyatni o‘rganish va zarurat bo‘lgan taqdirda konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun elchixona konsullik xodimi Seuldan 400 kilometr masofada joylashgan Chxonvon shahriga yuborilgan.

TIV Konsullik-huquqiy departamentining ma’lum qilishicha, hodisa yuzasidan O‘zbekiston elchixonasi konsullik bo‘limiga murojaatlar kelib tushmagan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonlik talabaning Janubiy Koreya Immigratsiya xizmati tomonidan kaltaklanishi katta shov-shuvga sabab bo‘ldi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-08-2018, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют