» » Pablo Aymar va Lionel Skaloni Argentina terma jamoasini vaqtinchalik boshqaradigan bo‘ldi

Pablo Aymar va Lionel Skaloni Argentina terma jamoasini vaqtinchalik boshqaradigan bo‘ldi


Sobiq futbolchilar — Pablo Aymar hamda Lionel Skaloni Argentina terma jamoasini vaqtinchalik boshqarib turadi. Bu haqda mamlakat futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Assotsiatsiyadagilar Xorxe Sampaoli ist’efoga chiqarilgach, yangi murabbiy izlashni biroz ortga surib, terma jamoani vaqtincha boshqarib turishni Aymar va Skaloniga topshirdi.

Sobiq futbolchilar Argentina terma jamoasini yaqin 3 ta o‘yin davomida boshqaradi. Bu vaqt ichida esa termaga yangi murabbiy tayinlanadi.

Ma’lumot uchun jamoaning sobiq murabbiyi Xorxe Sampaoli JCh—2018 dagi omadsiz ishtirok hamda futbolchilar bilan chiqisha olmagani sabab ist’efoga chiqarilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2018, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют