» » “Gazprombank” O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari qurish loyihasini ishlab chiqmoqda

“Gazprombank” O‘zbekistonda bolalar bog‘chalari qurish loyihasini ishlab chiqmoqda


“Gazprombank” (Rossiya) O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida bolalar bog‘chalari qurish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Kommersant xabar berdi.

Bank vitse-prezidenti Pavel Brusserning aytishicha, bunday loyiha bo‘yicha qarzni obligatsiya zayomiga aylantirish va uni past stavkalarda noprofessional investorlarning keng doirasiga taklif qilish mumkin. Bu daromad olish va mazkur shartnomadagi mablag‘ni tezda chiqarib olib, uni yana boshqa muhim loyihalarga yo‘naltirish imkonini beradi.

“Bu loyihaning o‘ziga, uning xarajatlari qoplanishi yoki davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash miqdoriga ijobiy ta’sir o‘tkazadi”, — dedi u.

Bank joriy yilda Yamal-Nenets avtonom okrugida bolalar bog‘chalari qurish bo‘yicha dastlabki infratuzilma obligatsiyalarini chiqargandi. Bu esa sarmoyadorlar tomonidan yaxshi kutib olindi.

“Bog‘chalar bunyod etildi, foydalanishga topshirildi, budjet esa ularning qurilishiga ketgan xarajatlarni qoplagan holda davlat-xususiy sheriklik shartnomasi bo‘yicha to‘lovlarni berishni boshladi, — deya qayd etdi bank mutasaddisi. — Obligatsiyalarni chiqarib, ularni loyihaga umuman aloqasi bo‘lmagan investorlarga sotgan holda biz o‘z-o‘zidan mazkur infratuzilma loyihasining dastlabki bosqichlari uchun mablag‘ ajrata olmagan yangi sarmoyadorlarni jalb etdik”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyiha muvaffaqiyatiga boshqa mintaqalar va hatto davlatlar ham qiziqib qolgan.

“Hozirda biz O‘zbekistonda bolalar bog‘chasi qurish bo‘yicha shunga o‘xshash loyiha ustida ishlayapmiz”, — dedi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 128) ( 0) ( 125) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют