» » Qashqadaryoda sud qarorisiz iste’molchiga noqonuniy hisoblangan qarzdorlik bekor qilindi

Qashqadaryoda sud qarorisiz iste’molchiga noqonuniy hisoblangan qarzdorlik bekor qilindi


Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumani, Sovlig‘or qishlog‘ida yashovchi Bahrom Qurbonov tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ul xodimlari xizmatidan norozi bo‘lib, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza bilan murojaat etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mazkur murojaat tuman jamiyati xodimlari ishtirokida o‘rganilganda, iste’molchi elektr hisoblagich orqali elektr energiyasidan qonuniy foydalanib kelganligi, lekin abonent nomida 2018-yilning fevral oyi holatida 2 692 186 so‘m qarzdorlik paydo bo‘lgani aniqlandi.

Fuqaro hisobidagi mavjud qarzdorlikning kelib chiqish sabablari o‘rganilganda, 2014-yilning 13-yanvar kunida TET korxonasi xodimi M.Yusupov iste’molchi xonadoniga bormasdan dalolatnoma rasmiylashtirib, ushbu dalolatnoma orqali 1 663 200 so‘m qarzdorlik hisoblaganligi aniqlandi.

Iste’molchi ushbu tuzilgan dalolatnomadan norozi bo‘lib, bir necha marotaba TET korxonasiga yozma ariza bilan murojaat qilgan bo‘lsa-da, korxona tomonidan iste’molchidan dalolatnoma asosida hisoblangan qarzdorlikni to‘lab berish talab qilingan.

O‘rganishlarda to‘lovlar qayta hisob-kitob qilindi. Natijada B.Qurbonov nomida (2 692 186 – 1 663 200) = 1 028 986 so‘m haqiqiy to‘lanmagan qarzdorlik mavjudligi aniqlanib, fuqaroga ushbu qarzdorlikni TET korxonasiga qisqa muddat ichida to‘lab berishi tushuntirilib, fuqaro nomiga rasmiylashtirilgan dalolatnoma yuzasidan korxona nazoratchisidan tushuntirish xati olindi. Nazoratchi o‘z tushuntirish xatida iste’molchi xonadoniga bormaganligi va uning nomiga dalolatnoma tuzib, fuqaro imzosini boshqa shaxs tomonidan soxtalashtirganligi va dalolatnoma noqonuniy tuzilganligini ma’lum qildi.

Shu bois, fuqaroning murojaatini o‘rganish jarayonida to‘plangan dalillarga ko‘ra, iste’molchining buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida G‘uzor tuman ma’muriy sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Tomonlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan sud majlisida da’vo arizasida keltirilgan holatga huquqiy baho berilganligi inobatga olinib, TET korxonasi tomonidan iste’molchi xonadoniga dalolatnoma asosida hisoblangan qarzdorlik undirish ro‘yxatidan chiqarildi va abonent raqamida hech qanday qarzdorlik mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-08-2018, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют