» » Janubiy Koreyalik investorlar Farg‘onada to‘rt yulduzli mehmonxona va ko‘p qavatli uylar quradi

Janubiy Koreyalik investorlar Farg‘onada to‘rt yulduzli mehmonxona va ko‘p qavatli uylar quradi


Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev boshchiligidagi delegatsiya Janubiy Koreyada bo‘lib, uch kun davomida Seul, Incheon, Gvanju, Xvasong va Pxochxon shaharlari rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Tashrif davomida Sang Myong kompaniyasi bilan tuzilgan kelishuvga asosan Uchko‘prik tumanida 12 gektar maydonda turizm markazi va tibbiyot klinikasi tashkil etishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritiladi. Doori Enginering kompaniyasi bilan Farg‘ona tumanidagi “Bahodir Agrosanoat” MChJ o‘rtasida imzolangan kelishuvga ko‘ra, 50 gektar maydonda gidroponika usulida issiqxona tashkil etiladi. Yetishtirilgan mahsulotlarni Janubiy Koreyaga eksport qilish rejalashtirilgan.

Crechiko kompaniyasi tomonidan Farg‘onada yirik parrandachilik kompleksini tashkil etib, yiliga 10 ming tonna tovuq go‘shti ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi. Taeho Machinery kompaniyasi bilan Farg‘ona tumanidagi “Bahodir Log‘on tekstil” qo‘shma korxonasi o‘rtasida imzolangan bitimga asosan trikotaj ishlab chiqarish liniyasi tashkil etish va tayyor mahsulotlarni Janubiy Koreyaga eksport qilish bo‘yicha shartnoma tuzildi. UKO Global Light kompaniyasi bilan imzolangan memorandumga ko‘ra, Farg‘ona shahrida chiqindini qayta ishlash va undan energiya ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi amalga oshiriladi.

Chung Construction Design Group kompaniyasi bilan Farg‘ona shahrida to‘rt yulduzli mehmonxona va zamonaviy ko‘p qavatli uylarni loyihalash va qurish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Shuningdek, Korea Heating Corporation kompaniyasi prezidenti bilan o‘tkazilgan uchrashuvda viloyat shaharlarida isitish tizimini rekonstruksiya qilish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.

Incheon shahrida Evergreen Motors Group kompaniyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston – Koreya biznes markazida mazkur muassasa bilan hamkorlik o‘rnatish, viloyatning Koreya Respublikasiga mahsulotlar eksportini oshirish va Farg‘onaga koreyalik investorlarni jalb etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Muzokaralar davomida Farg‘ona viloyati va “Incheon” erkin iqtisodiy zonasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Farg‘ona viloyati va Pxochxon-Si shahri ma’muriyati o‘rtasida Qo‘qon va Pxochxon-Si shaharlari o‘rtasida birodarlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Janubiy Koreya safari davomida imzolangan hujjatlar asosida Farg‘ona viloyatiga katta miqdorda xorijiy investitsiya jalb etilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2018, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют