» » 2 ta Olimpiada o‘yinlari sovrindori, velopoygachi Olga Zabelinskaya O‘zbekiston nomidan Osiyo o‘yinlarida qatnashadi

2 ta Olimpiada o‘yinlari sovrindori, velopoygachi Olga Zabelinskaya O‘zbekiston nomidan Osiyo o‘yinlarida qatnashadi


Rossiyalik velopoygachi, shosse velopoygasi bo‘yicha London—2012 hamda Rio—2016 olimpiya o‘yinlari sovrindori,  Olga Zabelinskaya sport fuqaroligini o‘zgartirayotganligi tasdiqlandi. Avvalroq sportchi o‘zgartirish haqida Xalqaro velosipedchilar uyushmasiga (UCI) barcha hujjatlarni yuborganligi ma’lum bo‘lgandi, deb yozadi “RBK”.

“Ha, men hozirda o‘tish(boshqa davlat sport fuqaroligiga) jarayonidaman. Bunday qarorga kelganim sababi hozir ovoza bo‘lishini istamasdim”,—deydi Olga.

Qayd etilishicha, Zabelinskaya 5-iyulda O‘zbekiston pasportini olgan. 38 yoshli velopoygachi sport fuqaroligini o‘zgartirish uchun UCI ruxsatnomasini olish shart,  shundan so‘ng u bemalol O‘zbekiston termasi uchun musobaqalarda ishtirok eta oladi.

Zabelinskaya 2012-yilda Londondagi Olimpiadada ikkita bronza(yakkalik va jamoaviy bahslarda) medalini qo‘lga kiritgan. 2016-yilda Riodagi olimpiya o‘yinlarida esa yakkalik bahslarida kumush medaliga sazovor bo‘lgan.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi joriy yilning 18-avgustidan 2-sentabriga Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida velosport bo‘yicha qatnashadigan sportchilar nomini e’lon qildi. Tarkibda Olga Zabelinskaya nomi ham keltirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-08-2018, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют