» » 6-avgustdagi test imtihonlari natijalari e’lon qilindi

6-avgustdagi test imtihonlari natijalari e’lon qilindi


O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 6-avgust kuni bo‘lib o‘tgan test imtihonlari jarayoni haqida axborot berdi. U bu haqda Facebook’dagi sahifasida yozib qoldirdi.

6-avgust kuni test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57 ta binoda 16 ta oliy ta’lim muassasalarining 58 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan.

Test sinovlarida 57 832 nafar abituriyent ishtirok etgan. Test sinovlariga 1 602 nafar abituriyent kelmagan. Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 79 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirilgan.

Davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali Qoraqalpoq davlat universitetining “Yurisprudensiya” (o‘zbek) ta’lim yo‘nalishida qayd etilgan (208,2 ball). To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali esa shu oliygohning “Yurisprudensiya” (qoraqalpoq) ta’lim yo‘nalishi kuzatilgan (150,6 ball).

Shunday qilib, 6-avgust kuni davlat grantiga o‘rtacha o‘tish bali 112,6 ballni, to‘lov-kontraktga o‘rtacha o‘tish bali esa 86,4 ballni tashkil etgan. Test sinovlarining oltinchi kuni natijalari bilan DTM saytining http://www.dtm.uz/page/test_result sahifasida 7-avgust kuni soat 19:10 dan boshlab tanishish mumkin bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-08-2018, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют