» » 2-avgustdagi test imtihonlarining javoblari e’lon qilindi

2-avgustdagi test imtihonlarining javoblari e’lon qilindi


O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish test imtihonlarining 2-avgustdagi jarayonlariga doir bir qator raqamlarni e’lon qildi.

Test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57 ta binoda 23 ta oliy ta’lim muassasalarining 71 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi.

Test sinovlarida 58 202 nafar abituriyent ishtirok etdi. Test sinovlariga 2 883 nafar abituriyent kelmadi. Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 157 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi.

2-avgust kungi imtihonlarda davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali 197,0 ni tashkil etdi (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili” ta’lim yo‘nalishi); to‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali ham Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili” ta’lim yo‘nalishida — 168,6 ball.

2-avgust kuni bo‘lib o‘tgan test imtihonlarida o‘rtacha o‘tish balli davlat grantiga – 135,9 ball, to‘lov-kontrakt bo‘yicha 116,8 ballni tashkil etdi. “2-avgustdagi test sinovlari natijalari Davlat test markazining http://www.dtm.uz/page/test_result sahifasida 3-avgust kuni soat 19:30dan e’lon qilinadi”, — deb yozadi Aziz Abduhakimov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-08-2018, 19:57)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют