» » 3-avgust kuni bo‘lib o‘tgan test imtihonlari javoblari e’lon qilindi

3-avgust kuni bo‘lib o‘tgan test imtihonlari javoblari e’lon qilindi


O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 3-avgust kuni bo‘lib o‘tgan test imtihonlari jarayoni haqida hisobot berdi.

Shu kuni test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57 ta binoda 17 ta oliy ta’lim muassasalarining 89 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan. Test sinovlarida 58 276 nafar abituriyent ishtirok etgan, 1 535 nafar abituriyent testga kelmagan.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 144 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirilgan. Test sinovlariga guruh nazoratchilari sifatida 2 419 nafar o‘qituvchilar jalb etilgan.

Davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali — 172,3, O‘zbekiston milliy universitetining “Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi; to‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali — 153,4, O‘zbekiston milliy universitetining “Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi. O‘rtacha o‘tish bali: davlat granti – 120,8; to‘lov-kontrakt – 99,6.

Test sinovlari natijalari Davlat test markazining http://www.dtm.uz/page/test_result sahifasida 4-avgust kuni soat 18:45da e’lon qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2018, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют