» » XChK. Asensio va Beyl “Real”ga “Roma” ustidan g‘alaba keltirdi

XChK. Asensio va Beyl “Real”ga “Roma” ustidan g‘alaba keltirdi


Hozirgina Xalqaro chempionlar kubogi doirasida yana bir uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Unda Madridning “Real” jamoasi Rimning “Roma”siga qarshi kurash olib bordi. O‘yinda hisob 2-daqiqadayoq ochildi. Garet Beylning zargarona pasidan keyin Marko Asensio “bo‘rilar” darvozaboni Robin Olsenni ojiz qoldirdi. 15-daqiqada esa Dani Karvaxalning uzatmasini Beylning o‘zi golga aylantirdi. “Roma” esa 83-daqiqada Kevin Strotmanning goli sabab hisobni qisqartirishga erishdi.

Shu tariqa “Real” “Yuventus”dan keyin “Roma”ni ham mag‘lub etishga erishdi.

Xalqaro chempionlar kubogi

8-avgust, chorshanba

Gollar: 1:0 – 2 Asensio, 2:0 – 15 Beyl, 2:1 – 83 Strotman.

“Real Madrid”: Navas, Ramos (Xavyer Sanches, 46), Regilon (Leon, 71), Karvaxal (Serxio Lopes, 71), Nacho (de Tomas, 82), Isko (Valvyerde, 56), Kroos (Lyorente, 46), Asensio (Vinisius, 57), Sebalyos (Edegor, 71), Beyl (Vaskes, 56), Benzema (Mayoral, 57).

“Roma”: Olsen (Mirante, 46), Markano (Jezus, 63), Fasio (Manolas, 46), Kolarov (Santon, 71), Florensi (Karsdorp, 63), Pastore (Strotman, 63), de Rossi (Gonalon, 46), Al-Shaaravi (Shik, 46), Kristante (Pellegrini, 46), Perotti (Klyuyvert, 46), Jeko (Chorich, 72).

Ogohlantirish: Sebalyos (50)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 07:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют