» » 4 ta o‘yinda 14 ta gol! “Liverpul” “Torino”ni ham mag‘lub etdi (video)

4 ta o‘yinda 14 ta gol! “Liverpul” “Torino”ni ham mag‘lub etdi (video)


Kecha, 7-avgust sanasida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.?

Jumladan, Yurgen Klopp boshliq “Liverpul” o‘rtoqlik uchrashuvida Italiyaning “Torino” klubini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu mersisaydliklarning yangi mavsum uchun tayyorgarlik o‘yinlaridagi ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasi bo‘ldi. “Liverpul” bungacha “Napoli” (5:0), “Manchester Yunayted” (4:1) va “Manchester Siti”ni (2:1) taslim etgandi.

Klopp jamoasi 4 ta uchrashuvda 14 ta gol urib, 3 ta gol o‘tkazdi. “Qizillar” mavsumoldi yig‘inlarda faqat Dortmundning “Borussiya”siga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Dortmundning “Borussiya”si esa “Napoli” bilan kurash olib bordi. Karlo Anchelotti shogirdlari dortmundliklarni 3:1 hisobida mag‘lub etishga erishdi.

O‘rtoqlik o‘yinlari

7-avgust, seshanba

Gollar: 1:0 – 21 Firmino, 2:0 – 24 Veynaldum, 2:1 – 31 Belotti, 3:1 – 87 Starrij.

Gollar: 0:1 – 7 Milik, 0:2 – 29 Maksimovich, 1:2 – 65 Filipp, 1:3 – 90 Kalyexon.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют