» » “O‘zbektelekom” bosh direktori almashdi

“O‘zbektelekom” bosh direktori almashdi


Farhod Roziyev “O‘zbektelekom” bosh direktori lavozimini tark etdi va kompaniyaning tijorat direktori etib tayinlandi, deya xabar qildi “Gazeta.uz” O‘zbekiston milliy telekommunikatsiya operatori matbuot xizmatiga tayanib.

“Gazeta.uz”ning hukumatdagi axborot manbasi ma’lumotiga ko‘ra, 6-avgust, dushanba kuni ertalab bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bosh vazir Abdulla Aripov kompaniya faoliyatini tanqid ostiga olgan.

Farhod Roziyev (1979-y. t.) fevral oxirida “O‘zbektelekom” rahbari bo‘lgan edi. U Sarkor Telecom, Winncom Technologies, Intelligent Consulting kompaniyalarida ishlagan, 2011—2012-yillarda Uzonline loyihasiga rahbarlik qilib, Uzmobile (“O‘zbektelekom” bo‘linmasi) direktori bo‘lgan.

“O‘zbektelekom”ga 2016?2018-yillarda rahbarlik qilgan Shuhrat Qodirov yana bosh direktor lavozimiga tayinlandi. U 2015—2016-yillarda Uzmobile rahbari bo‘lgan.

Bundan tashqari, kompaniyaning istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar bo‘yicha direktori ham almashdi. Yevgeniy Marking Jamol Maqsudov bilan o‘rin almashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют