» » “Yandeks” O‘zbekiston uchun hududiy menejer topdi

“Yandeks” O‘zbekiston uchun hududiy menejer topdi


O‘zbekistonda “Yandeks”ni rivojlantirish bo‘yicha hududiy menejer etib bungacha kompaniya biznesining boshqa yo‘nalishi uchun mas’ul bo‘lgan Yevgeniy Lukyanchikov tayinlandi, deb yozadi Spot “Yandeks” matbuot xizmatiga tayanib.

Lukyanchikovning mas’uliyat doirasiga O‘zbekistonda “Yandeks” qidiruvini mahalliylashtirish va ilgari surish, shuningdek, yandex.uz bosh sahifasidagi qator servislarni o‘zbek internet foydalanuvchilari talablaridan kelib chiqib ishga tushirish va yaxshilash kiradi.

Lukyanchikov mahalliy foydalanuvchilarning ehtiyojlarini yanada aniqroq o‘rganish uchun vaqtining ko‘p qismini O‘zbekistonda o‘tkazadi.

“Shu bilan birga, u Moskvada ham bo‘ladi, chunki ‘Yandeks’ O‘zbekistonda ishga tushirishni va yaxshilashni rejalashtirayotgan kompaniya mahsulotlarini ishlab chiqishning katta qismi shu yerda amalga oshiriladi”, — deyiladi kompaniya xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2018, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 117) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют